KULGI SEMANTIKASI RIVOJIDA MADANIY VA PSIXOLOGIK ASOSLAR

Authors

  • Azimova Muxtasarxon Author

Keywords:

Kulgi, hazil, semantik maydon, lingvistik tahlil, madaniyat, ijtimoiy munosabatlar, pragmatika, til birliklari, kinoya, psixologik fenomen

Abstract

Mazkur maqola kulgi semantik maydonini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda kulgi bilan bog‘liq bo‘lgan leksik birliklarning semantikasi, ularning funksional va stilistik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot asosan kulgi fenomenining madaniy, ijtimoiy va psixologik jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, til birliklari yordamida kulgi qanday ifodalanishi tahlil qilinadi. "Kulgi – inson ruhiyatining ko‘zgusi" (Xodjayeva, 2021) degan fikrni inobatga olgan holda, maqolada kulgi semantik maydonini tashkil qiluvchi so‘zlar va iboralar turli kontekstlarda qanday qo‘llanilishi, ularning pragmatik vazifalari ham muhokama qilinadi. Tadqiqotning natijalari kulgining madaniy kontekstdagi o‘rnini tushunishda hamda tilshunoslikda semantik maydonlar nazariyasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqola tilshunoslar, stilistika va pragmatika sohalaridagi tadqiqotchilar uchun qimmatli manba bo‘lishi mumkin.

Downloads

Published

2024-10-09