O‘Z VA O‘ZLASHMA TERMINLARNI TILDA QO‘LLASHDAGI MUAMMO VA KAMCHILIKLAR
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilida o‘z va o‘zlashma terminlarning qo‘llanishidagi muammo va kamchiliklar tahlil qilinadi. Terminologiya tilda muhim rol o‘ynaydi, chunki u bilimlarni ifodalash va o‘zaro muloqot jarayonida asosiy ahamiyatga ega. Tadqiqotda so‘rovnoma, adabiyotlar tahlili va mutaxassislar bilan intervyu metodlari qo‘llanilib, o‘zbek tilidagi terminologik muammolar aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, respondentlarning 75% o‘zbek tilida o‘z terminlarni ko‘proq qo‘llash zarurligini ta'kidlagan, 65% esa o‘zlashma terminlarning ko‘p qo‘llanilishi tilni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotganini bildirgan. O‘z terminlarning aniqligi va o‘zlashma terminlarning mahalliy kontekstga moslashtirilishi muhimligi qayd etilgan. Mualliflar, o‘z terminlarni rivojlantirishga va xalqaro terminlarni mahalliy madaniyatga moslashtirishga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligini ta'kidlaydi. Ushbu maqola, o‘zbek tilining global kommunikatsiyada o‘rnini mustahkamlash uchun terminologiya sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadqiqot va chora-tadbirlar haqida o‘ylashga undaydi.