TIJORAT BANKLARIDA ISLOMIY BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI, MAVJUD MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Authors

  • Abdusalomov Raxmonkul Author

Keywords:

Islom moliyasi, islomiy bank xizmatlari, murobaha, mushoraka, muzoraba, salam, sukuk, investitsiya.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston bank sektorida islomiy bank xizmatlarini joriy qilish hamda ularni rivojlantirish yo‘nalishlari o‘rganilgan bo‘lib, bu boradagi mavjud muammolar va ularga optimal yechimlar sifatida tegishli takliflar berilgan. Dunyo hamjamiyati iqtisodiy inqirozlarga turli usullar bilan kurashgani holda islom moliyasiga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotgan bir vaqtda, O‘zbekistonda hanuzgacha mazkur yo‘nalishning amaliyotga, xususan bank sektoriga joriy qilinishi bo‘yicha aniq yechimlar asosida bir to‘xtamga kelinmadi. Buning sababi o‘laroq bir qancha to‘siqlarni ko‘rishimiz mumkin, jumladan, mazkur yo‘nalishni tartibga solib turuvchi me’yoriy-huquqiy hujjat, ya’ni qonunchilik bazasining yo‘qligi. Shuningdek, odamlarning islom dini qoidalarini shariy tomondan tub mohiyatini anglab yetish bo‘yicha xabardorlik darajasining pastligi ham islom moliyasining jadal rivojlanib ketmayotganligidan dalolatdir. Mazkur maqolamizda islom bank xizmatlarining rivojlangan chet davlatlardagi holati ham tahlil qilinib, O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib, tijorat banklarida islomiy bank xizmatlarini joriy qilish hamda ularni salmog‘ini oshirish va rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar keltirilgan.

Downloads

Published

2024-10-18

Issue

Section

Articles