SOHA TERMINOLOGIYASINING TIL LUG‘AT FONDIDAGI O‘RNI
Abstract
Terminologiya ilm-fan, texnologiya, tibbiyot, muhandislik va boshqa ko‘plab sohalarda asosiy ahamiyatga ega. Har bir soha o‘ziga xos tushunchalar va atamalarni yaratib, ushbu tushunchalar orqali ilmiy bilimlarni shakllantiradi va rivojlantiradi. Soha terminologiyasi mutaxassislar uchun nafaqat aniq muloqot vositasi, balki bilimlarni bir-biriga uzatish, o‘rgatish va keng jamoatchilikka yetkazishda ham muhim o‘rin tutadi. Terminlar yordamida ilmiy muammolar, tadqiqot metodlari va natijalari samarali ifodalanadi. Shu sababli, har bir ilmiy soha terminlari uning lug'at fondi va madaniy til qismiga qo‘shilib, til rivojlanishida beqiyos hissa qo‘shadi.
Published
2024-10-14
Issue
Section
Articles