ANDIJON VILOYATI HUDUDIDAGI ISSIQXONALARDA MELOIDOGYNE AVLODI NEMATODALARINING TARQALISHI VA ZARARI
Abstract
Andijon viloyatida olib borilgan tadqiqotlar yopiq tuproq sharoitida Meloidogyne avlodi nematoda turlarining tarqalishi hamda tuproqlarning zararlangan maydonlari turlicha ekanligini ko‘rsatdi. Asaka va Shahrixon tumanlari hududlarida bo‘rtma nematodalar bilan zararlanish nisbatan yuqori darajadaligi (66,7%) alohida ahamiyatga ega. Hududda turlar asosan aralash invaziya holatida bo‘lishi, ya’ni M. arenaria va M. hapla hamda M. incognita va M. hapla turlari bir o‘simlik-xo‘jayinda uchrashi qayd etildi.
Downloads
Published
2024-10-12