BUXORO VILOYATIDA RESURSTEJAMKOR SUG‘ORISH TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH

Authors

  • Jo‘rayev Umid Author
  • Bo‘riyev Xurshid Author
  • Sirojov Ilyos Author

Keywords:

tomchilatib sug‘orish texnikasi, texnologiyasi, tomizgich, mineral o‘g‘it, hosildorlik, mineralizatsiya, g‘o‘za, samaradorlik, tomizgich, tindirgich, hajm og‘irlik, poletilen quvur, tuproq.

Abstract

Maqolada tomchilatib sug‘orish bo‘yicha olib borilgan izlanish natijalari keltirilgan. Suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan holda tuproqni yuza qatlami zichlashmasligi yoki hajm og‘irligi an’anaviy usulga nisbatan yengillashishi, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi yaxshilanishi, mineral o‘g‘itlarning yuvilib ketmasligi bilan birga tuproqning chegaraviy dala nam sig‘imi 70-80-65 % tizimda g‘o‘za sug‘orilganda 53 foizgacha suv tejalishi va hosildorlikning 7,4-10,6 s/ga nazoratga nisbatan yuqori bo‘lganligi bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Shuningdek, g‘o‘za qator orasiga qora politilen plyonka to‘shab sug‘orish amalga oshirilganda suv resurslari,mineral o‘g‘it,texnika resurslari tejalishi bilan birga hosildorlik 9,7-20,4 s/ga oshganligi kuzatildi. Vegetatsiya mavsumida ko‘chma egiluvchan quvurlar vositasida sug‘orishlar amalga oshirilgan holatda gektaridan 20,5 % gacha suv tejalishiga, sug‘orish ishlari yengillashishiga, maydonga suv me’yorida qisqa muddatda ta’minlanganligi sababli g‘o‘zani o‘sishi va rivojlanishi ijobiy tomonga o‘zgarishi hamda hosildorlik ananaviy usulda sug‘orilgandagi variantga nisbatan 3,0 s/ga oshganligi kuzatilgan.

Downloads

Published

2024-10-09