G‘O‘ZANI TOMCHILATIB SUG‘ORISH TARTIBLARINING TUPROQNING SHO‘RLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • A.Q.Jo‘rayev Author
  • U.A.Jo‘rayev Author
  • U.S.Saksonov Author

Keywords:

g‘o‘za, tomchilatib, tuproq, tuz, sug‘orish, texnologiya, qatlam, quruq qoldiq, o‘g‘it, hosildorlik.

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘rtcha darajada sho‘rlangan, o‘tloqi allyuvial, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida g‘o‘za ekini ekish uchun mo‘ljallangan maydonlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida g‘o‘zani sug‘orish tartiblarining tuproq sho‘rlanishiga hamda paxta hosildorligiga ta’sirini o‘rganish maqsadida olib borilgan tajribalar natijalari keltirilgan. Sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 75-80-65 % da ushlab turilgan variantda mavsumiy sug‘orish me’yori 3685 m3/ga ni tashkil qildi hamda nazorat variantga nisbattan gektariga 1405 m3 suv resurslari iqtisod qilinib, paxtadan 46,9 hosil olishga erishildi. Ushbu variantda tuproq tarkibidagi xlor ioni miqdori amal-o‘suv davri oxirida haydov 0-40 sm qatlamda 0,023 %, haydov osti 40-70 sm qatlamda 0,028 % ga va 1 metrlik qatlamda 0,027 % ga teng bo‘lgan bo‘lsa, quruq qoldiq miqdori bo‘yicha mos ravishda 0,340; 0,361 va 0,374 % ni tashkil qildi. Bu esa tuproqdagi tuzlar miqdori egatlab sug‘orilgan nazorat variantiga nisbatan xlor ioni bo‘yicha haydov qatlamida 0,008, quruq qoldiq miqdori bo‘yicha 0,119 % ga kam bo‘lgani aniqlandi.

Downloads

Published

2024-10-12