TOMCHILATIB SUG‘ORISHNING PAXTA HOSILIGA TA’SIRI
Keywords:
paxta, suv, hosildorlik, tomchilatib, me’yor, o‘g‘it, texnologiya, tuproq.Abstract
Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘rtcha darajada sho‘rlangan, o‘tloqi allyuvial, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida g‘o‘za ekini ekish uchun mo‘ljallangan maydonlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida g‘o‘zaning sug‘orish tartiblari ustida olib borilgan tajribalar hamda g‘o‘zaning sug‘orish me’yorlari va tartibining paxta hosildorligiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tajriba ishlari 6-variantda olib borilgan bo‘lib, xususan 1-variantda (nazorat) egatlab sug‘orish orqali sug‘orish ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa qolgan 5 ta variantda turli sug‘orish tartiblari asosida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida sug‘orish ishlari amalga oshirilgan. Izlanishlar davomida barcha variantlarda bir xil me’yorda yoki bo‘lmasa ma’dan o‘g‘itlar me’yori N-250; P-180; K-100 kg/ga qo‘llanilib, g‘o‘zani parvarishlash ishlari olib borilgan.