IQTISODIY O’SISHNING AHOLI SAVODXONLIGI BILAN ALOQADORLIGI
Keywords:
Demografik o’zgarishlar, o’sish, tabiiy kapital, inson kapitali, qarish, ortiqcha ishchi kuchi, yosh mehnat resurslari, xorijiy investitsiya, O’zbekiston-2030, 50 ming ishchi migrant, o’sish surati.Abstract
Odatda har qanday mamlakatda yuqori demografik sur’at, aholi soni va nikohlarning yuqori tezlikda ortib borishi uning iqtisodiy parametrlariga bosimni oshirish bilan birga, ushbu yo‘nalishda qator muammolarni vujudga keltirishi mumkin. Demografik jarayonlarning ijtimoiy sohalarga ta’siri tahlil qilinganda, ularning deyarli barchasida O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi bilan bog‘liq jihatlar ishtirok etganini, ya’ni har qanday ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni yaratish, yanada takomillashtirish birinchi galda aholi soni ortishidan kelib chiqib amalga oshirilsada, oxir-oqibat mamlakat iqtisodiyotga ta’siri ko‘zga tashlanadi.
Ushbu maqolada O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida aholi savdoxonligi va uning iqtisodiy o'sishga ta’siri, uning o'rtacha bog'liqlik darajasini o'rganish va milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish bosqichida aholi savdoxonligining o'zgartirishlarini empirik tarzda tahlil qilish masalalari yoritilgan.